O'ZBEKISTONNING YANGI KONISTITUTSIYASI JAMIYAT TARAQQIYOTINING HUQUQIY NEGIZI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20010014Ключевые слова:
inson huquqlari, demokratiya, ijtimoiy himoya, milliy qadriyatlar, huquqiy madaniyat, barqaror taraqqiyot, modernizatsiya, konstitutsiyaviy islohotlar, jamiyat rivoji.Аннотация
Maqolada O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyat taraqqiyotining huquqiy negizi sifatida tahlil qilinadi. Konstitutsiya davlat va jamiyatning asosiy qonuni bo‘lib, unda xalq hokimiyatchiligi, suverenitet, inson huquqlari va erkinliklari, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, kuchlar bo‘linishi hamda fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati kabi fundamental tamoyillar mustahkamlab qo‘yilgan. Yangi Konstitutsiyada inson qadri ulug‘lanishi, xalqning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya va ta’lim tizimini rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarni konstitutsiyaviy darajada kafolatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, huquq va burchlarning aniq belgilanishi, davlat organlari mas’uliyati va xalq oldida hisobdorligi, sud hokimiyatining mustaqilligi Konstitutsiyaning jamiyat barqarorligi va taraqqiyotiga xizmat qiluvchi asosiy omillar sifatida ko‘rsatib beriladi. Konstitutsiyaning har bir moddasi davlat va fuqarolar munosabatlarida huquqiy muvozanatni ta’minlashga, har bir shaxsning manfaatlari va daxlsizligini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur konstitutsiyaviy islohotlarning samarasi sifatida jamiyatning siyosiy faolligi, huquqiy ong va huquqiy madaniyat o‘sishi uchun mustahkam poydevor yaratiladi.
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Toshkent, 2023.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. — Toshkent, 2021.
4. Abdullayev A.X. Davlat va huquq asoslari. — Toshkent: TDYU nashriyoti, 2020.
5. Xudoyorov B., Eshonqulov U. Konstitutsiyaviy huquq. — Toshkent: Adolat, 2019.
6. G‘oziyev X. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati. — Toshkent: Universitet, 2020.
7. Jo‘rayev R. O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar taraqqiyoti. — Toshkent, 2023.
8. Niyozov D., Rahmonov E. Inson huquqlari — konstitutsiyaviy kafolatlar. — Toshkent: TDYU, 2022.
9. Qodirov A. Demokratiya va xalq hokimiyatchiligi. — Toshkent: Istiqlol, 2021.
10. Hasanov O. Davlat boshqaruvi samaradorligi va huquqiy mexanizmlar. — Toshkent: Iqtisodiyot, 2022.
11. O‘.H. Rahimov. Fuqarolik jamiyati institutlari va ularning rivojlanishi. — Samarqand, 2020.
12. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. — BMT, 1948.
Загрузки
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Категории
Лицензия
Copyright (c) 2026 Shoxista Abdurayimova

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0). Authors retain copyright and grant the journal the right to first publication. The license permits others to share, adapt, and build upon the work as long as appropriate credit is given to the original author(s) and the source.